4-noyabr kuni kechga tomon yomgʻir yogʻishi mumkin
Foto: Yunus Boʻriyev / “Xalq soʻzi”
“Oʻzgidromet” 4-noyabr kuni qanday ob-havo boʻlishini maʼlum qildi.
Toshkent shahrida havo biroz bulutli boʻladi, kechga tomon yomgʻir yogʻadi. Sharqiy shamol yoʻnalishini oʻzgartirib, gʻarbdan 5-10 metr/sekund tezlikda esadi, kechga tomon 12-14 metr/sekundgacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 10-12 iliq, kunduzi 23-25 daraja iliq boʻladi.
Qoraqalpogʻiston Respublikasi, Xorazm viloyatida havo biroz bulutli boʻladi, kechasi yogʻingarchilik kutilmaydi, kunduz kuni baʼzi joylarda yomgʻir yogʻadi. Shamol gʻarbdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi, baʼzi joylarda 15-20 metr/sekundgacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-toʻzon bilan kuzatilishi mumkin. Harorat kechasi 5-10 daraja iliq, kunduzi 8-13 daraja iliq boʻladi.
Buxoro va Navoiy viloyatlarida havo biroz bulutli boʻladi, kechasi yogʻingarchilik kutilmaydi, kunduz kuni baʼzi joylarda yomgʻir yogʻadi. Sharqiy shamol yoʻnalishini oʻzgartirib, gʻarbdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi, baʼzi joylarda 15-20 metr/sekundgacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-toʻzon bilan kuzatilishi mumkin. Harorat kechasi 7-12 daraja iliq, kunduzi 20-25 daraja iliq boʻladi.
Toshkent, Sirdaryo, Jizzax va Samarqand viloyatlarida havo biroz bulutli boʻladi kunning ikkinchi yarmida baʼzi joylarda yomgʻir yogʻadi. Sharqiy shamol yoʻnalishini oʻzgartirib, gʻarbdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi, baʼzi joylarda 15-20 metr/sekundgacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-toʻzon bilan kuzatilishi mumkin. Harorat kechasi 7-12 daraja iliq, kunduzi 20-25 daraja iliq boʻladi.
Qashqadaryo viloyatida havo biroz bulutli boʻladi, kechga tomon baʼzi joylarda yomgʻir yogʻishi mumkin. Sharqiy shamol yoʻnalishini oʻzgartirib, gʻarbdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi, baʼzi joylarda 15-20 metr/sekundgacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-toʻzon bilan kuzatilishi mumkin 7-12 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat kechasi 11-16 daraja iliq, kunduzi 24-29 daraja iliq boʻladi.
Surxondaryo viloyatida havo biroz bulutli boʻladi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Sharqiy shamol yoʻnalishini oʻzgartirib, gʻarbdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi, baʼzi joylarda 13-18 metr/sekundgacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-toʻzon bilan kuzatilishi mumkin. Harorat kechasi 11-16 daraja iliq, kunduzi 24-29 daraja iliq boʻladi.
Andijon, Namangan va Fargʻona viloyatlarida havo biroz bulutli boʻladi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 5-10 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat kechasi 5-10 daraja iliq, kunduzi 18-23 daraja iliq boʻladi.
Respublikaning togʻoldi va togʻli hududlarida havo biroz bulutli boʻladi, vaqti-vaqti bilan yomgʻir yogʻishi mumkin. Sharqiy shamol yoʻnalishini oʻzgartirib, gʻarbdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi, baʼzi joylarda 13-18 metr/sekundgacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 3-8 daraja iliq, kunduzi 13-18 daraja iliq boʻladi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring