357 nafar boʻlajak stomatolog qasamyod qildi

17:26 26 Sentyabr 2018 Jamiyat
2965 0
Foto: Hasan Paydoyev/“Xalq soʻzi”

Toshkent davlat stomatologiya institutida “Talabalikka bagʻishlov” tadbiri boʻlib oʻtdi.

Tadbirda institutning 1-kurs talabalari talabalik qasamyodini qabul qildi. Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevning 2018 yil 4 iyundagi “2018/2019 oʻquv yilida Oʻzbekiston Respublikasining oliy taʼlim muassasalariga oʻqishga qabul qilish toʻgʻrisida”gi qaroriga muvofiq, yurtimizdagi qator tibbiyot oliy oʻquv yurtlari qatori Toshkent davlat stomatologiya institutiga ham stomatologiya va bolalar stomatologiyasi yoʻnalishlarida davlat grantlari asosida bakalavriat yoʻnalishi boʻyicha malakali mutaxassislarni tayyorlash maqsadida 65 ta maqsadli qabul qvotalari ajratildi. Test sinovlari natijasida 2018/2019 oʻquv yilida 1-kursga 357 nafar talaba qabul qilindi. Institutda ayni paytda 1700 nafardan ziyod talaba tahsil oladi.

Foto: Hasan Paydoyev/“Xalq soʻzi”

Institutda talaba-yoshlarning puxta bilim olishi uchun barcha sharoit yaratilgan. Toshkent shahridagi 4 stomatologiya poliklinikasi va klinik shifoxonalar hamda 20 dan ziyod yirik xususiy stomatologiya poliklinikasida klinik bazalar tashkil etilib, oʻquv jarayoni olib borilmoqda. Shu bilan birga zamonaviy simulyatsion markaz tashkil qilinib, zamonaviy simulyatorlar bilan jihozlangan. Bundan tashqari, institutda 2017/2018 oʻquv yilidan boshlab fakultetlarning barcha kurslarida ayrim mutaxassislik fanlarini ingliz tilida oʻqitish yoʻlga qoʻyilgan. Institut tomonidan soʻnggi uch yil mobaynida xorijiy mamlakatlarning ellikka yaqin nufuzli oliy taʼlim muassasalari va kompaniyalari bilan oʻzaro hamkorlik boʻyicha memorandumlar imzolangani ham diqqatga sazovor.

Yaqinda yana bir xushxabar tarqaldi. Yurtimizdagi qator oliy oʻquv yurtlari safida Toshkent davlat stomatologiya institutiga ham 2018/2019 oʻquv yili uchun xorijiy oliy taʼlim muassasalari bilan qoʻshma taʼlim dasturlari asosida bakalavrlar tayyorlash boʻyicha qoʻshimcha qabul kvotalari tasdiqlandi va toʻlov-kontrakt asosida yana 60 oʻrin ajratildi. Yaʼni, Italiyaning Turin universiteti bilan “Biotibbiy muxandislik” va Moskva Davlat tibbiyot stomatologiya universiteti bilan “Stomatologiya” fakultetlari tashkil etildi.

Toshkent davlat stomatologiya instituti Axborot xizmati

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер