33 million soʻmga olingan aviachipta pullari egalariga qaytarildi

10:32 17 Dekabr 2020 Jamiyat
778 0

Oʻzbekiston isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasi Navoiy viloyat hududiy birlashmasiga Navoiy viloyat koʻp tarmoqli tibbiyot markazining bir guruh shifokorlari tomonidan yozma murojaat kelib tushdi.

Murojaatda, Navoiy viloyat koʻp tarmoqli tibbiyot markazining bir guruh shifokorlari Navoiy shahar I.Karimov koʻchasi 52 uyda joylashgan “ Omad Avia” MCHJdan malaka almashish va hamkorlik oʻrnatish maqsadida joriy yilning aprel oyida Hindiston davlatiga 1 haftalik safarga borib kelish uchun 33 000 000 soʻm evaziga aviachipta sotib olgan, biroq karantin sababli reyslar bekor qilingach, 2020-yil 1-iyuldan depozit vaucherlarini rasmiylashtirish orqali toʻlov qaytarilishi taʼkidlangan boʻlsa-da, 5 oydan buyon pullarini ololmay ovorayu sarson boʻlayotganligidan noroziligini bildirgan.

Mazkur murojaat Navoiy shahar isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish jamiyati mutaxassislari oʻrganilib, isteʼmolchilarga umumiy hisobda 33 000 000 (oʻttiz uch million) soʻm miqdordagi mablagʻ egalariga manzilli qaytarilishiga erishildi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер