30-oʻlim. Toshkentlik 65 yoshli erkak koronavirusdan vafot etdi
Sogʻliqni saqlash vazirligi Jamoatchilik bilan aloqalar boʻlimi xabariga koʻra, joriy yilning 1-iyul kuni poytaxtimizda yashovchi 65 yoshli V.M. (erkak kishi) oʻta ogʻir ahvolda Ibn Sino nomidagi 1-son shahar klinik shifoxonasining jonlantirish boʻlimiga yotqizilib, sunʼiy nafas olish apparatiga ulangan.
Unga gipertoniya kasalligi, ateroskleroz, bosh miyada qon aylanishining oʻtkir buzilishi (insult)ning ikkinchi bor qaytalanishi (birinchi holat 2020-yil iyun oyida yuz bergan), gemorragik insult tashxisi qoʻyilgan.
Bemorga Sogʻliqni saqlash vazirligining qator yoʻnalishlari boʻyicha bosh mutaxassislari va Respublika Shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi shifokorlari tomonidan konsiliumlar oʻtkazilib, doimiy nazorati taʼminlangan.
Joriy yilning 3-iyul kuni shifokorlar tomonidan standart asosida koʻrsatilgan tezkor reanimatsion muolajalarga qaramasdan bemor oʻpka arteriyasi tromboemboliyasi, oʻtkir nafas va yurak yetishmovchiligidan vafot etdi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring