30 mln. dollarlik yangi loyiha ishga tushdi

10:30 22 Oktyabr 2021 Iqtisodiyot
1035 0

Samarqanddagi “Sino” aksiyadorlik jamiyatida “SAXARI” MCHJ tomonidan qiymati 30 million dollarlik yangi loyiha ishga tushdi.

Bugungi kunda loyihaning birinchi bosqichida jami 7,0 million AQSH dollari miqdorida investitsiya oʻzlashtirilgan boʻlib, ushbu mablagʻlar korxonaga yangi zamonaviy asbob-uskunalar, xom ashyo, butlovchi qismlar hamda korxonani qayta qurish va rekonstruksiya ishlariga sarflangan.

Shuningdek, ayni damda 7 turdagi muzlatkich ishlab chiqarish yoʻlga qoʻyilgan boʻlib, joriy yilning 9 oyida jami 20 ming 561 dona muzlatkichlar ishlab chiqarilgan va natijada bugungi kunga kelib jami 100 ta yangi ish oʻrinlari yaratilgan.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер