30-maydan futbol boʻyicha Ukraina chempionati boshlanadi
Futbol boʻyicha Ukraina chempionatiga 30-maydan boshlab start beriladi. Bu haqda Kiyevning “Dinamo“ futbol klubi matbuot xizmati xabar qildi.
Mamlakatning qayta yoʻlga qoʻyilayotgan birinchiligini “Dinamo“(Kiyev) va “Shaxtyor“(Donesk) klublari oʻrtasidagi bahs boshlab beradi.
Maʼlum qilinishicha, chempionat yakuniga qadar 9 tur qolgan.
Barcha oʻyinlar boʻm-boʻsh, muxlislarsiz stadionlarda oʻtkaziladi.
Bellashuvlar jadvali yaqin kunlarda eʼlon qilinadi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring