3 oyda chet eldan qancha yengil mashina keltirildi?
Oʻzbekistonga 2025-yilning yanvar-mart oylarida xorijdan 6 950 dona yengil avtomobil import qilindi. Bu haqda Milliy statistika qoʻmitasi xabar qildi.
Maʼlumotlarga koʻra, import qilingan mashinalarning umumiy qiymati 115,1 million AQSH dollarini tashkil etgan.
Dastlabki uch oy davomida Oʻzbekistonga eng koʻp avtomobil 5 235 dona bilan Xitoydan keltirildi. Undan keyingi oʻrinda 1 425 dona bilan Koreya, uchinchi oʻrinda esa 144 dona mashina bilan Hindiston turibdi.
Bundan tashqari, Yaponiyadan 77 ta, AQSHdan 18 ta va boshqa mamlakatlardan 51 ta avtomobil keltirilgan.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring