3 nafar para taekvondochimiz Manchesterda shohsupaga koʻtarildi
Para taekvondo boʻyicha terma jamoamiz aʼzolari Angliyaning Manchester shahri mezbonlik qiladigan Jahon para taekvondo Gran-prisining final turnirida ishtirok etishi haqida xabar bergan edik.
Boʻlib oʻtgan murosasiz bahslar yakuniga koʻra 3 nafar vakilimiz sovrindorlar safidan joy oldi. Xususan, ayollar oʻrtasida Guljanoy Naimovaga teng keladigan raqib topilmadi, mahoratli sportchimiz oʻz vazn toifasida oltin medalga sazovor boʻldi. Erkaklar oʻrtasida esa Javohir Aliqulov kumush, Asad Toshtemirov bronza medalini qoʻlga kiritdi.
Qayd etish lozimki, ushbu musobaqa Parij-2024 yozgi Paralimpiya oʻyinlariga muhim reyting ochkolarini taqdim etadi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring