3 ming yillik tarix ifodasi
Andijon viloyat tarixi va madaniyati davlat muzeyida eksponatlar soni 40 mingdan ortdi.
— Oʻtgan asrning 40 yillaridan buyon qoʻshma ekspeditsiyalar tashkil etib kelinmoqda,-deydi muzey rahbari Ixtiyorjon Rasulov. -Ayniqsa, viloyatning Dalvarzintepa, Qoʻshtepa, Mingtepa kabi yodgorliklaridan topilgan mahalliy xalqning turmush tarzini, madaniyatini, urf-odatini ifoda etuvchi osori atiqalar muzey fondini boyitmoqda.
Ushbu maskanda saqlanayotgan eksponatlar oʻzbek xalqining 3 ming yillik tarixini oʻzida mujassam etganligi bilan ahamiyatlidir.
Saminjon HUSANOV,
“Xalq soʻzi”
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring