28-iyun kuni Polshada prezident saylovi oʻtkaziladi
28-iyun kuni Polshada navbatdagi prezident saylovlari boʻlib oʻtadi. Bu haqda Seym (parlamentning quyi palatasi) spikeri Eljbeta Vitek chorshanba kuni boʻlib oʻtgan brifingda maʼlum qildi, deb xabar berdi TVN24 kanali.
Ovoz berish aralash usulda olib boriladi: fuqarolar saylov uchastkalariga borib yoki pochta orqali ovoz berishi mumkin.
Olisdan ovoz berishni istagan Polsha fuqarolari 16-iyunga qadar xabar berishlari kerak, chet elda yashaydigan fuqarolar esa 13-iyungacha ovoz berish uchun murojaat qilishi mumkin.
7-aprel kuni Polsha Seym saylov kodeksiga oʻzgartirishlar kiritdi. Yangi qoidalarga koʻra, prezidentlik saylovlari pochta orqali ham ovoz berilishi mumkin. Ushbu chora COVID-19 epidemiyasi paytida saylovchilar xavfsizligi uchun qabul qilindi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring