25 yoshgacha xodimlar uchun toʻlangan ijtimoiy soliq ish beruvchilarga toʻliq qoplab beriladi
“Yoshlarning bandligiga koʻmaklashish hamda ularni doimiy ish bilan taʼminlashga oid qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi Prezident farmoni (PF–61-son, 26.04.2023-y.) qabul qilindi.
Farmonga koʻra, 2023-yil 1-maydan 2025-yil 1-yanvarga qadar ish beruvchilarga (byudjet tashkilotlari, davlat korxonalari, ustav jamgʻarmasi (kapitali)da davlat ulushi 50 foiz va undan ortiq boʻlgan yuridik shaxslar, shuningdek, ijtimoiy soliqni 1 foiz stavkada toʻlovchilar bundan mustasno) ular tomonidan 25 yoshdan oshmagan xodimlar uchun toʻlangan ijtimoiy soliq summasi Davlat byudjetidan toʻliq qoplab beriladi.
Bunda, ijtimoiy soliq summasi yosh xodimlar 6 oy davomida uzluksiz mehnat faoliyatini amalga oshirishi sharti bilan yettinchi oydan boshlab qoplab beriladi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring