24 mln AQSH dollariga yer olib bermoqchi boʻlgan Davlat xizmatlari markazi xodimi qoʻlga olindi
Toshkent viloyati Zangiota tumani Davlat xizmatlari markazi xodimi oʻzganing ishonchiga kirib, yuqori lavozimda ishlovchi tanishlari orqali, unga Toshkent tumanida joylashgan va davlat zaxirasida boʻlgan 10 gektar sugʻoriladigan yer maydonini 24 mln AQSH dollariga sotib olib berishini aytib, yer maydoniga egalik huquqini beruvchi qarorni chiqartirib berish evaziga kelishilgan summadan 1,5 mln AQSH dollari berishni talab qiladi.
DXX xodimlari tomonidan oʻtkazilgan tezkor tadbirda u oldindan 200 ming AQSH dollari olayotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan qoʻlga olindi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring