22-noyabrda yana qor yog‘adi

13:48 21 Noyabr 2020 Jamiyat
2463 0

Gidrometeorologiya xizmati markazi ertaga, 22-noyabr kuni qanday ob-havo kutilayotganini maʼlum qildi.

Toshkent shahri. Havo oʻzgarib turadi, vaqti-vaqti bilan qor yogʻadi. Shamol gʻarbdan 5-10 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 4-6 daraja, kunduzi 1-3 daraja sovuq boʻladi.

Qoraqalpogʻiston Respublikasi, Xorazm viloyati. Havo oʻzgarib turadi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Baʼzi joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 8-13 daraja, kunduzi 0-5 daraja sovuq boʻladi.

Buxoro va Navoiy viloyatlari. Havo oʻzgarib turadi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Baʼzi joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 4-9 daraja, kunduzi 0-5 daraja sovuq boʻladi.

Toshkent, Sirdaryo, Samarqand va Jizzax viloyatlari. Havo oʻzgarib turadi, baʼzi joylarda qor yogʻadi. Baʼzi joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 3-8 daraja, kunduzi 0-5 daraja sovuq boʻladi.

Qashqadaryo viloyati. Havo oʻzgarib turadi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Baʼzi joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 0-5 daraja sovuq, kunduzi 2 daraja sovuq - 3 daraja iliq boʻladi.

Surxondaryo viloyati. Havo oʻzgarib turadi, baʼzi joylarda qor yogʻadi. Baʼzi joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi va kunduzi 0-5 daraja iliq boʻladi.

Andijon, Namangan, Fargʻona viloyatlari. Havo oʻzgarib turadi, baʼzi joylarda qor yogʻadi. Baʼzi joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 5-10 daraja, kunduzi 0-5 daraja sovuq boʻladi.

Respublikaning togʻli hududlari. Havo oʻzgarib turadi, togʻ oldi va togʻ hududlarda qor yogʻadi. Baʼzi joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 10-15 daraja, kunduzi 3-8 daraja sovuq boʻladi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер