22 martdan Issiqko‘lga poyezdda borish mumkin

15:52 20 Mart 2018 Jamiyat
3360 0

22 martdan boshlab “Toshkent – Bishkek - Baliqchi” yo‘nalishida muntazam temir yo‘l qatnovi boshlanadi. 

Bu haqda “24Travel.uz” sayti ikki davlat temir yo‘l kompaniyalari xabariga asoslanib xabar berdi. Shu kuni 9 vagondan iborat va 300 yo‘lovchiga mo‘ljallangan 455/456 raqamli yo‘lovchi poyezdi poytaxtimizdagi markaziy vokzaldan soat 20:50da yo‘lga chiqadi va 25 soatda o‘z manziliga, shu jumladan, Issiqko‘lga yetib boradi. Qatnovlar har payshanba kuni Toshkentdan Baliqchiga yo‘l olsa, shanba kunlari Toshkentga qaytib keladi. 

Chipta narxlari platskart vagonlar uchun 378 ming so‘m, kupe uchun 515 ming so‘m etib belgilangan.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер