22-dekabr nega Energetiklar kuni sifatida nishonlanadi?

15:15 22 Dekabr 2021 Jamiyat
1709 0

Foto: "Xalq so'zi"

22-dekabrga oʻtar kechasi tabiatning ajoyib hodisalaridan biri kuzatiladi — eng uzun tun sodir boʻladi. Bu sanada sayyoramizning bosh energetigi — Quyoshdan bizga eng kam miqdorda yorugʻlik va issiqlik yetib keladi.

Shu bois energetika isteʼmoli eng koʻp boʻladigan ushbu kun  dunyoda energetiklar kasb bayrami sifatida nishonlanadi. Maʼlumotlarga koʻra, ushbu sana energetiklar orasida 1980-yildan buyon nishonlanib kelinmoqda.

Orolboʻyida Qoraqalpogʻiston nasos stansiyalari va energetika boshqarmasining asosiy ish faoliyati ham elektr energiyasi bilan bogʻliq. Bugungi kunda boshqarmaning nasos stansiyalari va quduqlardan foydalanish sektorida 52 nafar xodim mehnat qilmoqda. Ular 9 ta podstansiya, 84 ta transformator punkti va 219 ta nasos stansiyalarining barqaror ishlab turishini taʼminlashga masʼul boʻlgan energetiklar hisoblanadi.

— Nasos stansiyalarida sarflanayotgan elektr energiyasini tejash maqsadida qator tizimli ishlar amalga oshirilmoqda, — deydi boshqarmaning nasos stansiyalari va quduqlardan foydalanish sektori boshligʻi Rustem Payzullayev. — Jumladan, nasos va elektrodvigatellar, kondensator  va quyosh batareyasi oʻrnatish, 300 metrdagi kabellar va 200 dona svetodiod lampalari almashtirilishi hisobidan 561 ming kVt elektr energiyasini iqtisod qilishga erishdik.

Maʼlumotlarga koʻra, jamoaviy murojaatlarni qabul qiluvchi MeningFikrim.uz veb-portalida energetiklar kasb bayrami kunini belgilash boʻyicha murojaat kelib tushgan, lekin hozircha 22-dekabr mamlakatimizda rasman energetika tizimi xodimlarining kasb bayrami sifatida eʼlon qilinmagan.

Gʻ.Otajonov, “Xalq soʻzi”.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер