21-dekabr kuni Toshkent shahrida Oʻzbekiston-Hindiston xizmatlar sohasidagi biznes seminari oʻtkaziladi
Foto: Arxiv surat
Ertaga Toshkent shahrida Oʻzbekiston-Hindiston xizmatlar sohasidagi biznes seminari oʻtkaziladi. Bu haqda “Dunyo” AA xabar berdi.
Anjuman Oʻzbekiston Savdo-sanoat palatasi, mamlakatimizning Dehlidagi elchixonasi, Hindiston Savdo va sanoat vazirligi Savdo departamenti, Hindistonning Toshkentdagi diplomatiya missiyasi va boshqa qator tashkilotlar bilan hamkorlikda tashkil etilmoqda.
Forum ishtirokchilari logistika, muhandislik dizayni va meʼmorchilik, moliya va buxgalteriya, soliq maslahati, taʼlim va tibbiyot turizmi, mehmonxona biznesi, konsalting va huquqiy xizmatlar hamda boshqa yoʻnalishlardagi hamkorlik istiqbollarini muhokama qiladi. Shuningdek, ikki mamlakat ishbilarmonlari oʻrtasida V2V shaklidagi uchrashuvlar uyushtirilishi, yangi qoʻshma loyihalarni amalga oshirish imkoniyatlari oʻrganilishi rejalashtirilgan.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring