2030-yilda dunyo aholisining qariyb 45 foizi semirib ketishi mumkin — JSST
Jahon sogʻliqni saqlash tashkiloti taxminlariga koʻra, 2030-yilga borib, dunyo aholisining qariyb 45 foizi semirib ketishi mumkin.
Semizlik nafaqat kattalar oʻrtasida, balki bolalar va oʻsmirlar orasida ham jiddiy muammoga aylanib bormoqda.
Maʼlumotlarda keltirilishicha, 1975-yildan ayni paytga qadar dunyodagi semiz odamlar soni uch baravar oshgan. 5 yoshdan 19 yoshgacha boʻlgan 340 milliondan ziyod bolalar va oʻsmirlar semizlikka duchor boʻlishgan.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring