2026-yildan boshlab “Uzbekistan Airways” qoidalarida nimalar oʻzgaradi?
“Uzbekistan Airways” aviakompaniyasining rasmiy Telegram-kanalida 2026-yildan boshlab qoidalarda nimalar oʻzgarayotgani toʻgʻrisida maʼlumot berildi.
Unda aytilishicha, agar siz “borish-kelish” chiptasini xarid qilgan boʻlsangizu, lekin birinchi reys bilan uchmagan boʻlsangiz (masalan, Toshkentdan ketishda), qoidalar quyidagicha boʻladi:
- Oʻzbekiston ichida uchayotgan boʻlsangiz (Ichki yoʻnalishlar) – sizning qaytish chiptangiz bekor boʻlmaydi.
- Parvoz: Shu chiptaning oʻzi bilan bemalol qaytish reysiga chiqishingiz mumkin.
- Qaytarish: Oʻtkazib yuborilgan reys uchun faqat aeroport yigʻimlarini qaytarib olish mumkin.
- Almashtirish: Foydalanilmagan qismni boshqa sanaga koʻchirib boʻlmaydi.
Chet elga uchayotgan boʻlsangiz (Xalqaro yoʻnalishlar) – sizning qaytish chiptangiz avtomatik ravishda bekor boʻladi.
- Nima qilish kerak: Chiptani qayta rasmiylashtirish uchun darhol uni xarid qilgan agentingizga, aviakassaga murojaat qilishingiz yoki aviakompaniyaga qoʻngʻiroq qilishingiz kerak boʻladi.
- Asosiy qoida: Parvozlardan chiptada koʻrsatilgan ketma-ketlikda foydalanishga harakat qiling.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring