2024-yilgi Davlat dasturi loyihasi jamoatchilik muhokamasiga qoʻyildi
“Oʻzbekiston-2030” strategiyasini “Yoshlar va biznesni qoʻllab-quvvatlash yili”da amalga oshirishga oid davlat dasturi toʻgʻrisidagi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti farmoni loyihasi keng jamoatchilik muhokamasi uchun eʼlon qilindi.
Davlat dasturi loyihasida korrupsiyaga qarshi kurashish yoʻnalishida quyidagi vazifalar belgilanmoqda:
— bojxona hududida qayta ishlash va (yoki) bojxona hududidan tashqarida qayta ishlash bojxona rejimlariga tovarlarni joylashtirish uchun ruxsat berish jarayonlarini raqamlashtirish;
— davlat xaridlari tizimida “yashil” xaridlar amaliyotini joriy etish;
— davlat xaridlari sohasida raqobat muhitini kuchaytirish;
— davlat xaridlari jarayonini raqamlashtirish;
— fuqarolik jamiyati institutlari vakillarini korrupsiyaga qarshi kurashishga faol jalb etish;
— davlat organlari va tashkilotlarida korrupsiyaga qarshi ichki nazorat tuzilmalarining samaradorligini oshirish;
— byudjet sohasiga oid huquqbuzarlik va moliyaviy xatoliklar vujudga kelishi mumkin boʻlgan xavf-xatarlarning (risk) umumlashgan Yagona tasnifini tasdiqlash va kelgusida bunday xatoliklarning oldini olish yuzasidan jamoat nazoratini oʻrnatish hamda ochiqlikni taʼminlash yuzasidan Vazirlar Mahkamasining qarori loyihasini ishlab chiqish.
Muhokamalar joriy yilning 9-fevral kuniga qadar davom etadi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring