2024-yilda Misrdan Oʻzbekistonga gepatitga qarshi 4,2 mln dollarlik preparatlar olib kelinadi

11:54 22 Yanvar 2024 Jamiyat
462 0

Davlatimiz rahbarining gepatit S ga chalingan bemorlarni 100 foiz davolash boʻyicha tashabbusi ijrosi doirasida dori vositalarining Misrdan kelishi 2024-yilda ham davom etadi.

Xususan, Misr hukumati tomonidan 2025-yilga qadar umumiy qiymati 4,2 million dollarlik jami 800 ming dona kasallikning S turiga qarshi “Daklatasvir” va “Sofosbuvir” hamda V turiga qarshi “Entekavir” preparatlari begʻaraz yordam sifatida berilishi boʻyicha kelishuvga erishilgan.

Hozirga qadar umumiy qiymati 696 ming AQSH dollariga teng mazkur dori vositalari mamlakatimizga bosqichma-bosqich yuborildi.

Kuni kecha Misr hukumati tomonidan insonparvarlik yordami sifatida ajratilgan “Sofosbuvir-400mg“ dori vositasi yetkazib berildi. 6720 donadan iborat ushbu preparatlar Sogʻliqni saqlash vazirligi huzuridagi Virusologiya ilmiy-tekshirish instituti tomonidan shifotalab bemorlarga taqsimlanadi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер