2024-yilda 18 yoshgacha bo‘lgan o‘smirlar o‘rtasida muz ustida xokkey bo‘yicha navbatdagi Osiyo va Okeaniya chemponatini O‘zbekistonda o‘tkazish taklif qilindi

19:34 08 Avgust 2023 Siyosat
1099 0

Kecha Toshkentda Xalqaro xokkey Federatsiyasi (IIHF) vitse-Prezidenti Ayvaz Omorkanov va O‘zbekiston xokkey Federatsiyasi Prezidenti Baxtiyor Fazilov uchrashuvida hamkorlikning istiqbollari muhokama qilindi.

Uchrashuvda Osiyo Olimpiya Kengashi (OOK) tomonidan IIHF bilan hamkorlikda tashkil etilgan xokkey bo‘yicha o‘quv-mashg‘ulotlar masalasi muhokama qilindi. Ma'lumot uchun, o‘quv-mashg‘ulotda 30 dan ortiq Osiyo mamlakatlaridan 100 dan ortiq yosh xokkeychi ishtirok etadi.

Uchrashuv davomida Ayvaz Omorkanov ushbu tadbirni tashkil etish darajasini, O‘zbekiston xokkey Federatsiyasi tomonidan xokkeyni rivojlantirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlarni, shuningdek, Humo arenasidagi zamonaviy xokkey infratuzilmasini ham yuqori baholadi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер