2024-yil uchun tasdiqlangan manzilli dasturga asosan umumiy qiymati 18 trln. soʻmdan ortiq 1194 ta obyekt taklifi maʼqullandi
Foto: Illustrativ foto
AOKAda Bosh prokuratura boshqarma prokurori Shamshod Xoʻjaqulov ishtirokida oʻtkazilgan brifingda qurilish sohasida olib borilgan nazorat tadbirlari haqida maʼlumot berildi.
Bugungi kunda Mahallalar infratuzilmasini rivojlantirish dasturi doirasida koʻrilgan chora — tadbirlar natijasida 7.369 ta obyektda qurilish ishlar yakunlanib, foydalanishga topshirildi.
Jumladan, 3.675 ta ichki yoʻllar, 1.876 ta ichimlik va oqova suv taʼminoti, 675 ta elektr tarmogʻi, 70 ta gaz taʼminoti, 224 ta ijtimoiy soha va 849 ta boshqa turdagi obyektda qurilish ishlari yakunlandi.
Ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish dasturidagi 544 ta obyektda ishlar yakunlanib, 830 ta yangidan boshlanadigan obyekt boʻyicha pudrat shartnomalari tuzilib, qurilish ishlari olib borilmoqda.
Dasturdagi loyihalar uchun ajratilgan mablagʻning 9,5 trln. soʻmdan ortigʻi yoki qariyb 60 foizi moliyalashtirilib, pudrat tashkilotlari tomonidan 9 trln. soʻmlik ishlar bajarildi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring