2023/2024-yillar kuz-qish mavsumi uchun Respublika byudjet tashkilotlariga 491,7 ming tonna koʻmir mahsuloti yetkazib beriladi
“Koʻmir taʼminot” MCHJ mutasaddilari ishtirokida oʻtkazilgan matbuot anjumanida maʼlum qilinishicha, byudjet tashkilotlariga joriy mavsum uchun koʻmir bilan taʼminlash may oyidan boshlandi va ayni kunlarda bu ish nihoyasiga yetkazilmoqda.
26-iyul holatiga respublika byudjet tashkilotlariga 252.0 ming tonna 2BR markali koʻmir yoqilgʻisi yetkazib berildi. Jumladan:
Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi tizimiga ‒ 193 ming tonna;
Sogʻliqni saqlash vazirligi tizimiga ‒ 26 ming 400 tonna;
Madaniyat va turizm vazirligi tizimiga ‒ 1 ming 300 tonna;
Sport vazirligiga ‒ 900 tonna;
Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi tizimiga ‒ 30 ming 100 tonna va hokazo.
Aholi isteʼmolchilarini koʻmir bilan taʼminlash ishlari 2-iyuldan boshlandi. 26-iyul holatiga 85 ming tonna 2 BZR 25-500 markali koʻmir tarqatildi.
Aholi uchun moʻljallangan koʻmir mahsuloti “Koʻmir taʼminot” MCHJga qrashli hududiy koʻmir omborlari va shoxobchalari orqali, hududiy MFYlar tomonidan berilgan va mahalliy hokimliklar tasdiqlagan jadval asosida tarqatilmoqda.
Aholini ijtimoiy himoya qilish maqsadini koʻzlab, mahalliy koʻmir narxi oʻzgarishsiz qoldirilgan, yaʼni 1 tonna mahalliy koʻmir narxi ‒ 300 300 soʻmni tashkil etadi.
Alohida qayd etish kerak, hududlarga koʻmir mahsulotini yetkazib berish aholi ehtiyojidan kelib chiqqan holda yoʻlga qoʻyilmoqda. Bunda har oy uchun alohida tasdiqlangan grafiklar amal qiladi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring