2023-yilning yanvar-sentyabr oylari davomida Oʻzbekiston hududi orqali salkam 6,8 million tonna tranzit yuklari tashildi
2023-yilning yanvar-sentyabr oylari mobaynida Oʻzbekiston hududi boʻyicha tashilgan (avtomobil va temir yoʻl transportlarida) tranzit yuklarning hajmi 6797,9 ming tonnani tashkil etdi.
Oʻzbekiston Statistika agentligi maʼlumotiga koʻra, ulardan 5460,3 ming tonna yuk temir yoʻl transporti orqali (jami yuk hajmiga nisbatan 80,3 foiz), avtomobil transporti orqali esa 1337,6 ming tonna yuk tashilgan. Bu koʻrsatkich jami yuk hajmiga nisbatan 19,7 foizni tashkil etadi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring