2023-yilning oʻtgan davrida 16 milliard soʻmdan ziyod mablagʻ xayriya sifatida sarflangan

17:13 19 Iyul 2023 Jamiyat
618 0

AOKAda oʻtkazilgan brifingda “Vaqf” xayriya jamoat fondi axborot xizmati rahbari Saidabror Umarov birinchi yarim yilligida amalga oshirilgan xayriya ishlari haqida maʼlumot berdi.

Shu jumladan:

— Diniy taʼlim muassasalari, ilmiy-tadqiqot markazlari faoliyatini moliyalashtirish maqsadida “Qurʼon va tajvidni oʻrgatish” oʻquv kurslari dars xonalariga 11 dona smart doska uchun – 187 000 000 soʻm;

— Diniy taʼlim muassasalari professor-oʻqituvchilari hamda texnik xodimlarini moddiy va ijtimoiy qoʻllab-quvvatlash uchun – 2 393 163 130 soʻm;

— Diniy taʼlim muassasalarida tahsil olayotgan 141 nafar talabalarini moddiy qoʻllab-quvvatlash va toʻlov-shartnomalari uchun – 745 635 000 soʻm;

— Masjidlar va ziyoratgohlarning xodimlarini ijtimoiy qoʻllab-quvvatlash uchun – 130 000 000 soʻm;

— Yurtimizda faoliyat olib borayotgan 2119 nafar imom-xatiblarning har biriga bir martalik 5 000 000 soʻmdan jami 10 595 000 000 soʻm, 192 nafar otinoylarning har biriga 3 000 000 soʻmdan jami 576 000 000 soʻm;

— Aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlarini moddiy qoʻllab-quvvatlash uchun – 1 195 915 000 soʻm, shundan imkoniyati cheklangan, nogironligi bor boʻlgan shaxslarni moddiy qoʻllab-quvvatlash uchun – 407 900 000 soʻm;

— Turli xayriya tadbirlari uchun – 216 000 000 soʻm;

— Viloyat vakilliklarining maʼmuriy harakatlari uchun berilgan moddiy yordam – 70 000 000 soʻm miqdoridagi mablagʻlar sarflandi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер