2023-yilgi boks boʻyicha kattalar oʻrtasida Jahon chempionati Toshkentda oʻtkaziladi

12:54 02 Aprel 2021 Sport
11472 0

Bu haqda ayni daqiqalarda Milliy Olimpiya qoʻmitasida AIBA prezidenti Umar Kremlyov ishtirokida oʻtkazilayotgan matbuot anjumanida Xalqaro havaskorlar boks assotsiatsiyasi rahbari eʼlon qildi deya maʼlum qilmoqda Jismoniy tarbiya va sport vazirligi.

Bunday nufuzli musobaqa nafaqat mamlakatimiz, balki mintaqamizda ilk bora tashkil etiladi.

2023-yilgi boks boʻyicha kattalar oʻrtasida Jahon chempionatida Parij-2024 yozgi Olimpiya oʻyinlari uchun yoʻllanmalar oʻynaladi. Shu sababli musobaqaga qiziqish yuqori boʻlishi kutilmoqda.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер