2023-yilda Oʻzbekiston “MHT – 2008” xalqaro standarti talablariga oʻtdi
Oʻzbekistonda “MHT – 2008” xalqaro standarti talablari asosida yalpi ichki mahsulot (YIM) hisob-kitoblarini davlat moliyasi statistikasi va toʻlov balansi maʼlumotlariga muvofiq ravishda amalga oshirish va Statistika agentligining rasmiy veb-saytida eʼlon qilib borish yoʻlga qoʻyildi. Bu haqda Statistika agentligi xabar berdi.
YIMni diskret choraklar asosida hisoblash tajribasini joriy etish orqali choraklik milliy hisoblar takomillashtirildi.
Korxonalar xarajatlari tarkibini kuzatish natijalari asosida xarajatlar ishlab chiqarish koeffitsiyentlarini yangilash yoʻli bilan “Resurslar va ishlatilish” jadvallarini tuzish tajribasi takomillashtirildi.
Statistik koʻrsatkichlar hisob-kitoblariga xalqaro tasniflagichlar joriy etildi. YIMni yakuniy isteʼmol usulida hisoblashda davlat boshqaruvi organlarining yakuniy isteʼmol xarajatlari “Davlat boshqaruvi organlari funksiyalarining tasnifi” boʻyicha shakllantirildi.
Yakuniy isteʼmol usulida hisoblanadigan YIM tarkibida uy xoʻjaliklarining yakuniy isteʼmol xarajatlari koʻrsatkichi “Maqsadlar boʻyicha individual isteʼmol tasnifi” asosida shakllantirildi.
Kapital bilan operatsiyalar hisobi “Asosiy fondlar tasniflagichi”ni joriy qilish orqali takomillashtirildi. Aktivlarning turlari boʻyicha tasniflash yoʻlga qoʻyildi.
Uy-joy egalari tomonidan oʻz isteʼmoli uchun ishlab chiqarilgan yashash xizmatlarini baholash “MHT-2008” xalqaro standarti talablariga moslashtirildi.
Mazkur jarayonlarning yakuniy bosqichi sifatida moliyaviy vositachilik xizmatlari hisob-kitoblari “MHT-2008” xalqaro uslubiyoti talablariga muvofiqlashtirildi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring