2023-yil iyul-avgust oylari davomida Davlat byudjeti xarajatlari daromadlarga nisbatan 12,2 trln. soʻmga koʻp boʻlgan

16:22 06 Dekabr 2023 Iqtisodiyot
2096 0

2023-yil iyul-avgust oylari davomida Oʻzbekiston Respublikasi Davlat byudjeti xarajatlari daromadlarga nisbatan 12,2 trln. soʻmga koʻp boʻlgan.

2023-yil iyul-avgust oylarida Davlat budjeti daromadlari 38,1 trln soʻmni, xarajatlari esa 50,3 trln soʻmni tashkil etdi. Daromadlarning 69,0 foizi yoki 26,2 trln soʻmi Soliq qoʻmitasi, 24,0 foizi yoki 9,1 trln soʻmi Bojxona qoʻmitasi tomonidan, 2,8 trln soʻmi boshqa daromadlar va soliq boʻlmagan tushumlar hisobidan shakllantirildi.

Bunda, soliq toʻlovchilarga 3,3 trln soʻm miqdorida qoʻshilgan qiymat soligʻi va keshbek summalari qaytarib berildi. Shuningdek, hisobot davrida ijtimoiy xarajatlarni moliyalashtirish uchun Davlat budjetidan 24,1 trln soʻm yoki umumiy xarajatlarning 48,0 foizi miqdorida mablagʻ sarflandi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер