2022-yilda 143 ta bogʻcha, 265 ta maktab, 137 ta sogʻliqni saqlash muassasasi quriladi

20:46 19 Mart 2022 Jamiyat
1491 0

Foto: Illustrativ foto

“2022–2026-yillarda “Obod qishloq” va “Obod mahalla” dasturlarini amalga oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Prezident qarori (PQ–172-son, 18.03.2022-y.) qabul qilindi

Qarorga koʻra, 2022–2026-yillarda “Obod qishloq” va “Obod mahalla” dasturlari doirasida qurilish, taʼmirlash hamda obodonlashtirish ishlari amalga oshiriladigan qishloq va mahallalar soni boʻyicha maqsadli parametrlar tasdiqlandi.

Shunga koʻra, belgilangan yillarda respublikadagi jami 2 043 qishloq va mahallalarda (jumladan, 2022-yilda 413 tasida) qurilish, taʼmirlash, obodonlashtirish ishlari amalga oshiriladi.

Dasturlar doirasida belgilangan yillarda jami 4 057 ta ijtimoiy soha obyektlarini, jumladan, 2022-yilda:

— 143 ta bogʻcha;

— 265 ta maktab;

— 137 ta sogʻliqni saqlash muassasasini qurish, rekonstruksiya qilish va taʼmirlash rejalashtirilgan.

Shuningdek:

— 27 722,5 km ichki yoʻllar (2022-yilda – 5 113,2 km), 18 574,8 km ichimlik suv tizimlari (2022-yilda – 3 881,7 km tarmoq, 432 ta inshoot) yaxshilanadi;

— jami 5 962 ta fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari komplekslari, bozorlar (jumladan, 2022-yilda 253 ta mahalla binosi va guzar, 894 ta bozor) quriladi hamda taʼmirlanadi;

— 5 284,2 km optik tolali aloqa tarmoqlari (2022-yilda – 1 327,1 km) quriladi;

— 78 ta yangi avtobus yoʻnalishlari (2022-yilda 16 ta) tashkil etiladi.

Ichki yoʻllarni taʼmirlash uchun 2 trillion soʻm, ichimlik suv taʼminotini yaxshilash uchun 1 trillion soʻm, ijtimoiy soha va boshqa obyektlarni qurish (taʼmirlash) va obodonlashtirishga 1,4 trillion soʻm mablagʻ ajratiladi.

Qarorga koʻra, 2023-yildan:

qishloq va mahallalardagi mavjud ishlab chiqarish hamda ijtimoiy infratuzilma obyektlarining haqiqiy holati tasdiqlangan mezonlar asosida baholanib boriladi; 

baholash natijalariga koʻra eng past koʻrsatkich qayd etgan va oʻtgan davr mobaynida Dasturlarga kiritilmagan qishloq va mahallalar Dasturlarga birinchi navbatda kiritiladi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер