2021-yildan boshlab Oʻzbekistonda bukmekerlik faoliyatiga yana ruxsat beriladi
2021-yildan boshlab Oʻzbekistonda yana qonuniy totalizatorlar faoliyat koʻrsatishi mumkin boʻladi. Bu haqda “Oʻzbekistonda futbolni rivojlantirishni yangi bosqichga olib chiqish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Farmon loyihasida koʻzda tutilgan.
Prezident farmoni loyihasida 2021-yil 1-yanvardan boshlab, xalqaro tajribadan kelib chiqib sport sohasini, ayniqsa futbolni yanada rivojlantirish, uning investitsiyaviy jozibadorligini oshirish, qoʻshimcha mablagʻlarni jalb qilish maqsadida Oʻzbekiston Respublikasida bukmekerlik faoliyatini amalga oshirishga ruxsat berish bandi ham qoʻshib qoʻyilgan.
Eslatib oʻtamiz, 2007-yilga qadar Oʻzbekistonda totalizatorlik faoliyati bilan shugʻullangan xususiy tashkilotlar mavjud boʻlgan va shundan soʻng ularning faoliyati hujjat asosida taqiqlangandi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring