2021-yilda qaysi kasb egalarining ish haqi oshishi maʼlum qilindi
“Superjob” portali tahlilchilari 2021-yilda qaysi kasb egalarining ish haqi oshish kutilayotganini oʻrganib chiqdi.
Unga koʻra, joriy yilda IT mutaxassislari, farmatsevtlar va shifokorlarning daromadi oʻsishi kutilmoqda.
Tahlillarga qaraganda, birinchi toifadagi kasb vakillarining ish haqi 10-11, farmatsevtlarniki 12-14 hamda shifokorlarniki esa 12-15 foizga oshishi kutilmoqda.
Shu bilan birga, tahlilchilar 2021-yilda mehnatga haq toʻlashning yangi sxemalari paydo boʻlishini ham taxmin qilishmoqda. Qayd etilishicha, shunday sxemalardan biri oyning boshida keyin ishlab berish sharti bilan katta miqdorda avanslar olishni oʻz ichiga oluvchi “kredit uchun ish” boʻlishi mumkin.
Bundan tashqari, xizmat koʻrsatish, ishlab chiqarish, qurilish va kommunal sohalardagi ish joylariga boʻlgan talab oshishi ham kutilmoqda.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring