2021-2022-oʻquv yili uchun qancha abituriyent roʻyxatdan oʻtgani haqida maʼlumot berildi
DTM 2021-2022-oʻquv yili uchun roʻyxatdan oʻtgan abituriyentlar soni haqida maʼlumot berdi.
Jami roʻyxatdan oʻtgan abituriyentlar soni 686 842 nafar.
Taʼlim shakllari boʻyicha:
- Kunduzgi taʼlim shakli – 380 317 nafar;
- Sirtqi taʼlim shakli – 284 028 nafar;
- Kechki taʼlim shakli – 22 497 nafar.
Tillar kesimida:
Oʻzbek tili – 584 822 nafar;
- Rus tili – 78 926 nafar;
- Qoraqalpoq tili – 20 778 nafar;
- Boshqa tillar – 2 316 nafar.
Abituriyentlar tomonidan eng koʻp tanlanayotgan OTMlar:
- Oʻzbekiston milliy universiteti – 24 124 nafar;
- Toshkent davlat pedagogika universiteti – 22 568 nafar;
- Jizzax davlat pedagogika instituti – 21 951 nafar;
- Namangan davlat universiteti – 21 939 nafar;
- Urganch davlat universiteti – 21 852 nafar.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring