2020-yil 1-apreldan FHDYOlar adliya tizimiga oʻtadi

20:47 18 Fevral 2020 Jamiyat
1156 0

Arxiv surat

Farmonga koʻra, 2020-yil 1-apreldan boshlab, fuqarolik holati dalolatnomalarini yozish (FHDYO) organlari Adliya vazirligi huzuridagi Davlat xizmatlari agentligi tasarrufiga oʻtkaziladi.

Bunda, agentlikka FHDYO organlarining ishini tizimli nazorat qilish, malakali kadrlarni tanlash va joy-joyiga qoʻyish, huquqni qoʻllash amaliyotini muvofiqlashtirish, “FHDYOning yagona elektron arxivi” axborot tizimini yuritish va FHDYO organlarining hududiy arxivlariga rahbarlik boʻyicha funksiyalar yuklanadi.

Farmon bilan Mamlakatda “Obod va xavfsiz mahalla” tamoyiliga asoslangan tizimni samarali joriy etish boʻyicha “Yoʻl xaritasi” tasdiqlandi.

Shuningdek, fuqarolarning oʻzini-oʻzi boshqarish organlari faoliyatini qoʻllab-quvvatlash, mahalla tizimini rivojlantirish va jamiyatda “Obod va xavfsiz mahalla” tamoyilini joriy etishning 2020-2024-yillarga moʻljallangan konsepsiyasi ishlab chiqiladi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер