2018 yilning eng mashhur soʻzi eʼlon qilindi
Collins ingliz tili lugʻati tomonidan yil soʻzi aniqlandi.
RIA Novosti xabariga koʻra, atrof muhit va ozuqa zanjiriga zarar yetkazadigan va cheksiz foydalaniladigan predmetlarni anglatuvchi “single-use” soʻzi 2018 yil soʻzi deb topildi.
Masalan, bir marta ishlatilib, keyin tashlab yuboriladigan plastik mahsulotlar, polietilen xaltalari single-use tovarlar hisoblanadi.
Ummonning eng chekka hududlarida suzib yurgan plastik buyumlar, butilkalar, paketlarning suratlari shunday mahsulotlardan foydalanishni qisqartirishga chaqiruvchi kampaniyani boshlab berdi. Xususan, yuqoridagi soʻz dunyo OAV, ijtimoiy tarmoqlari va oʻzaro muloqotlarda juda koʻp foydalanila boshlangan.
CollinsDictionary manbasining qayd etishicha, ushbu atama joriy yilda 2013 yilga nisbatan kuniga toʻrt marotaba koʻp qoʻllanilgan. Yil soʻzi boʻlishga backstop (Buyuk Britaniya va Shimoliy Irlandiyaning Brexit boʻyicha kelishuvi mavjud boʻlmaganda, Irlandiya va Shimoliy Irlandiya oʻrtasidagi chegara maqomiga tegishli yuridik shartnomani anglatuvchi soʻz), gammon (Brexit tarafdori boʻlgan oʻrta yoshli, qizil yuzli erkakni tasvirlashda qoʻllaniladi), shuningdek, MeToo (ushbu termin eng avvalo ishda jinsiy zoʻravonlikka qarshi harakatni anglatadi) ham daʼvogarlik qilgan edi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring