1,85 kg. “porox” moddasi fosh etildi
Toshkent viloyati bojxonachilari tomonidan bojxona chegaralari orqali noqonuniy ravishda olib oʻtilishiga doir qonunbuzarlik holatlarni muntazam fosh qilishmoqda. Navbatdagi ana shunday holat fosh qilindi.
Jumladan, Toshkent viloyati bojxona boshqarmasi “Yallama” chegara bojxona postiga fuqaro boshqaruvida kirib kelgan “DAF” rusumli avtotransport vositasi belgilangan tartibda bojxona koʻrigidan oʻtkazildi. Natijada avtomashinaning bagaj qismida, yoʻlovchi deklaratsiyasida koʻrsatilmagan hamda ogʻzaki soʻrovda maʼlum qilinmagan, 1 dona qogʻoz quti ichida ogʻirligi 1,85 kg. “porox” moddasi borligi aniqlandi.
Ekspertiza xulosasiga binoan “porox” moddasi portlovchi moddalar tarkibiga kiradi.
Unutmaslik kerakki, Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 246-moddasiga binoan bojxona nazoratini chetlab yoki bojxona nazoratidan yashirib, deklaratsiyasiz oʻq-dorilar va portlovchi moddalarni Oʻzbekiston Respublikasining hududiga noqonuniy olib kirish kontrabanda jinoyati hisoblanib, bojxona chegarasidan oʻtkazish uchun jinoiy javobgarlik belgilangan.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring