17 yil oldin jinoyat sodir qilgan ayol qoʻlga tushdi

15:46 11 Aprel 2020 Jamiyat
6182 0

arxiv foto

Jinoyat sodir qilib, 17 yildan buyon qidiruvda boʻlgan ayol qoʻlga olindi. Bu haqda Surxondaryo viloyati IIB Axborot xizmati xabar bermoqda.

Maʼlum qilinishicha, 2003-yilning oktyabr oyida Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 273 moddasi 5 qismida nazarda tutilgan jinoyatni sodir etganligi uchun Tergov boshqarmasi tomonidan qidiruv eʼlon qilingan, “qamoq” ehtiyot chorasi qoʻllanilgan. Ayol Termiz shahri K.Shodmonov koʻchasi 45-“a” uyda yashovchi Bozorova Karomat Zayniddinovna 2020-yilning 9-aprel kuni Jarqoʻrgʻon tumani hududida yashirinib yurganligi aniqlanib qoʻlga olindi.

Jinoyat sodir etgan ayol qilgan jinoyati uchun qonun oldida javobgarligini taʼminlash maqsadida, Surxondaryo viloyati Ichki ishlar boshqarmasi huzuridagi Tergov boshqarmasiga topshirildi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер