16 oktyabrdan Toshkentda isitish mavsumi boshlanadi
Toshkent shahrida isitish mavsumi joriy yilning 16 oktyabridan boshlanadi. Bu haqda Toshkent shahar hokimligi matbuot xizmati xabar tarqatdi.
Qayd etilishicha, Toshkent shahar hokimining tegishli qaroriga muvofiq, 2018/2019 yilgi isitish mavsumini samarali tashkil etish chora-tadbirlari belgilandi.
Unga koʻra, 2018 yil 16 oktyabrdan ijtimoiy soha obyektlarida, 2018 yil 19 oktyabrdan sinov tariqasida koʻp qavatli turar joy binolarida muntazam isitish boshlanadi.
Eslatib oʻtamiz, 2017/2018 yil isitish mavsumi ijtimoiy soha obyektlarida 2017 yil 10 noyabrdan, turar-joy binolarida 2017 yil 12 noyabrdan boshlangan.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring