16 noyabrdan benzin va boshqa turdagi yoqilgʻi narxlari oshadi

10:27 02 Noyabr 2018 Iqtisodiyot
2742 0

Yoqilgʻi-energetika resurslarining narx va tariflarini bosqichma-bosqich oʻzgartirish toʻgʻrisidagi Hukumat qarori qabul qilindi. Bu haqda “Huquqiy axborot“ kanali xabar bermoqda.

Qarorga muvofiq 2018 yil 16 noyabrdan isteʼmol soligʻini hisobga olgan holda avtobenzin va dizel yoqilgʻisi chakana narxlari:

  • Ai-80 avtobenzinga – 4 000 soʻm/litr;
  • Ai-91 avtobenzinga – 4 500 soʻm/litr;
  • dizel yoqilgʻisiga – 4 800 soʻm/litr;
  • EKO dizel yoqilgʻisiga – 4 900 soʻm/litr etib belgilandi.

2019 yilning 1 yanvaridan boshlab Toshkent shahrining Yunusobod tumanida eksperiment tariqasida quyidagilar joriy etiladi:

  • aholi isteʼmoli uchun elektr energiyasi bazaviy normasi oyiga bir abonentga 300 kVt.soat;
  • aholi isteʼmoli uchun tabiiy gazning bazaviy normasi:
  • isitish mavsumi davrida yakka tartibda isitiladigan uylar va kvartiralarda yashaydigan bir abonentga oyiga 1000 kub.m;
  • boshqa holatlarda bir abonentga oyiga 250 kub.m.
  • Bunda aholi bilan elektr energiyasi va tabiiy gaz uchun hisob-kitoblarni amalga oshirganda:
  • bazaviy norma doirasida – belgilangan tarif boʻyicha;

bazaviy normadan ortgan qismi uchun – belgilangan tarifga 1,2 baravar oshirilgan koeffitsiyent qoʻllaniladi

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер