16 nafar shaxs muddatidan oldin ozod etildi
Jinoyat ishlari boʻyicha Toshkent viloyati Yangiyoʻl tuman sudi tomonidan “Qoʻshyogʻoch“ mahalla fuqarolar yigʻini binosida sayyor sud majlisi oʻtkazildi.
Unda Jinoyat ishlari boʻyicha Yangiyul tuman sudining raisi B.Tashpoʻlatov, tuman prokurori katta yordamchisi Yu.Abdullayeva IIB probatsiya guruhi xodimlari qatnashdi.
Sud majlisida Yangiyul tuman IIB probatsiya boʻlimi hisobda turgan, jinoyat yoʻliga adashib kirib qolgan va qilmishidan pushaymon boʻlgan 16 nafar shaxs muddatidan oldin shartli ozod qilindi. Bir nafar axloq tuzatish ishlari jazosini oʻtashdan boʻyin tovlab yurgan shaxsga nisbatan ozodlikdan cheklash jazosi qoʻllaniladigan boʻldi.
Shuningdek, Jinoyat ishlari boʻyicha Yangiyoʻl tuman sudining raisi B.Tashpoʻlatov “Mening mahallam, mening sudyam” mavzusida davra suhbati oʻtkazib, Korrupsiya toʻgʻrisidagi qonunning mazmun mohiyati, undagi oʻzgarishlar va bu illatga qarshi kurashish boʻyicha tushuntirishlar berdi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring