16-iyul kuni necha daraja issiq boʻlishi aytildi

21:00 15 Iyul 2025 Jamiyat
310 0

Foto: Akmal Muhammadov/“Xalq soʻzi”

“Oʻzgidromet” 16-iyul kuni kuzatiladigan ob-havo maʼlumotlarini eʼlon qildi.

Toshkent shahrida havo biroz bulutli boʻladi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 3-8 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 22-24 daraja, kunduzi 37-39 daraja issiq boʻladi.

Qoraqalpogʻiston Respublikasi va Xorazm viloyatida havo biroz bulutli, baʼzi joylarda oʻzgaruvchan boʻladi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 9-14 m/s tezlikda esadi, ayrim joylarda chang-toʻzonlar bilan kuzatiladi. Harorat kechasi 20-25 daraja, kunduzi 36-41 daraja issiq boʻladi.

Buxoro va Navoiy viloyatida havo biroz bulutli boʻladi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, baʼzi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayadi, ayrim joylarda chang-toʻzonlar bilan kuzatiladi. Harorat kechasi 20-25 daraja, choʻl hududlarda baʼzi joylarda 27-30 darajagacha, kunduzi 37-42 daraja issiq boʻladi.

Toshkent, Sirdaryo, Jizzax va Samarqand viloyatida havo biroz bulutli, baʼzi joylarda oʻzgaruvchan boʻladi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, baʼzi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-toʻzonlar bilan kuzatilishi mumkin. Harorat kechasi 20-25 daraja, kunduzi 34-39 daraja issiq boʻladi.

Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatida havo biroz bulutli boʻladi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, baʼzi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-toʻzonlar bilan kuzatilishi mumkin. Harorat kechasi 22-27 daraja, kunduzi 37-42 daraja issiq boʻladi.

Andijon, Namangan va Fargʻona viloyatida havo biroz bulutli, baʼzi joylarda oʻzgaruvchan boʻladi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 5-10 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 20-25 daraja, kunduzi 34-39 daraja issiq boʻladi.

Respublikaning togʻli hududlarida havo biroz bulutli, baʼzi joylarda oʻzgaruvchan boʻladi, ayrim joylarda qisqa muddatli yomgʻir yogʻadi, momaqaldiroq boʻlishi mumkin. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, baʼzi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 15-20 daraja, kunduzi 27-32 daraja issiq boʻladi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер