15,7 ming nafardan ziyod abituriyent davlat granti ustuvorligidan foydalangan holda davlat granti asosida talabalikka tavsiya etilgan — DTM

12:01 30 Avgust 2023 Jamiyat
246 0

Abituriyentlarga yaratilgan eng yaxshi qulayliklardan yana biri ularga tanlov ustuvorligini tanlash imkoniyati berilgani bilan bogʻliq.

Joriy yilda 42 655 nafar abituriyent davlat granti asosida talabalikka tavsiya etilgan boʻlib, ularning 32 818 nafari umumiy qabul parametrlari doirasida oʻqishga qabul qilingan.

Shundan 15 715 nafar (47,9 %) abituriyent “Davlat granti” ustuvorligini tanlagan holda ikkinchi-beshinchi taʼlim yoʻnalishiga davlat granti asosida talabalikka tavsiya etilgan.

Agar davlat granti ustuvorligi boʻlmaganida mazkur abituriyentlarning aksariyat qismi birinchi taʼlim yoʻnalishiga toʻlov-kontrakt asosida talabalikka tavsiya etilgan boʻlar edi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер