10 oyda Oʻzbekistonga 5,5 mln. nafardan ortiq turist kelgan
Statistika agentligi maʼlumotlariga koʻra, 2023-yilning yanvar-oktyabr oylarida Oʻzbekistonga jami 5,5 mln. nafar chet el fuqarolari turistik maqsadlarda tashrif buyurgan.
Ularning safar maqsadlari quyidagicha:
— qarindoshlarni yoʻqlash — 4 mln 652,6 ming kishi;
— boʻsh vaqt va dam olish — 659,9 ming kishi;
— xizmat yuzasidan — 115,9 ming kishi;
— davolanish — 50,3 ming kishi;
— tijorat — 51,9 ming kishi;
— oʻqish maqsadida — 14,7 ming kishi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring