1-martdan boshlab Oʻzbekistonda ov mavsumi yopiladi

11:35 27 Fevral 2025 Jamiyat
282 0

Oʻzbekiston Respublikasining “Ov qilish va ovchilik xoʻjaligi toʻgʻrisida”gi qonuniga muvofiq, 1-martdan 15-avgustgacha ov mavsumi yopiladi. Bu haqda Ekologiya vazirligi xabar qildi.

Ov qoidalarini buzish, xususan, taqiqlangan davrda ov qilish qonunchilikka koʻra qatʼiy javobgarlik va jarimalarga sabab boʻladi. Ov mavsumi tugagach tabiatga yanada ehtiyotkor munosabatda boʻlish zarur.

Vazirlik fuqarolardan noqonuniy ov holatlari haqida 1157, 1207, (71) 207-11-07, (71) 207-11-08 raqamlari yoki ecogovuz_bot “Telegram” botiga xabar berishlarini soʻragan.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер