1-mart — Zulfiya tavallud topgan kun. “Bugun tunda kelarmish bahor”
Foto: Yunus Bo‘riyev / “Xalq soʻzi”
***
Derazangdan moʻralab asta,
Gul yuzingdan boʻlib shikasta,
Uzun qishga siltab qoʻlini,
Ham qalbingdan boshlab yoʻlini,
Toʻqqiz oyki, yelarmish bahor,
Bugun tunda kelarmish bahor...
Ertaga, 1-mart kuni ushbu ajoyib misralar muallifi, taniqli jamoat arbobi, Oʻzbekiston Xalq shoirasi Zulfiyaning tavallud kuni. Bu yil adabiyot va sheʼriyatimizga betakror meros qoldirgan shoira tavalludining 111-yilligi nishonlanmoqda.

Xususan, bugun, 28-fevral kuni Adiblar xiyobonida oʻzbek xalqining sevimli adibasi Zulfiya Isroilova tavalludining 111-yilligi munosabati bilan “Diydor baxti nasib yana siz bilan” mavzusidagi tadbir oʻtkazildi. Unda shoira hayoti, uning ibratli umr yoʻli hamda oʻzbek adabiyotiga qoʻshgan ulkan hissasi haqida batafsil maʼlumotlar berildi.



Ishtirokchilar tomonidan adibaning sheʼrlaridan namunalar ifodali oʻqilib, uning ijodiy merosi keng yoritildi. Shoira xotirasini abadiylashtirish maqsadida xiyobonida oʻrnatilgan haykali poyiga gulchambar qoʻyildi. Maʼnaviy ruhda kechgan tadbir ishtirokchilarda katta taassurot qoldirdi.



Shoiraning Vatanga muhabbat, sadoqat va vafo tuygʻularini tarannum etgan sheʼrlari bugungi yosh avlod tarbiyasida ham muhim ahamiyat kasb etayotgani alohida taʼkidlandi.



Zulfiya Isroilova 1915-yil bahorning ilk nafasi ufurgan, tabiat qahraton qish uyqusidan sekin uygʻona boshlagan 1-mart sanasida Toshkent shahrida tavallud topgan. Shoira 81-yillik nurli hayot yoʻli mobaynida ayolning ichki dunyosi, orzu-armonlari, matonati va mehrini ifodalagan nafis sheʼrlar yozdi. Adibaning ijodi nozik lirika, ayol qalbi, muhabbat, sadoqat va Vatanga mehr tuygʻulari bilan ajralib turadi.
Zulfiya ijodining asosiy yoʻnalishlari muhabbat va sadoqat uning sheʼrlarida muhabbat pok, sadoqatli va sabr-toqat bilan yoʻgʻrilgan. Turmush oʻrtogʻi, shoir Hamid Olimjon vafotidan soʻng yozgan sheʼrlari chuqur iztirob va sadoqat namunasi boʻlgan. U sheʼrlarida ayolni jamiyatning tayanchi sifatida ulugʻlaydi.
Muhsin Umurzoqov,
Yunus Bo‘riyev, “Xalq soʻzi”.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻzbekiston Respublikasi xalq artisti Farrux Zokirov ijodini keng targʻib qilish hamda yosh avlodga munosib yetkazish toʻgʻrisida
- Zakirov Farrux Karimovichni “Buyuk xizmatlari uchun” ordeni bilan mukofotlash toʻgʻrisida
- Oʻzbekiston xalq artisti Farrux Zokirov sharaflandi
- Polsha bilan ikkinchi jahon urushi tarixi boʻyicha hamkorlik kengaytiriladi
- Eronda internet uzilishi 47 kundan beri davom etmoqda
- WSJ: Yevropa AQSHning NATOdan ehtimoliy chiqishiga qarshi zaxira mudofaa rejasini ishlab chiqmoqda
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring