1-maydan boshlab qurilish boshlanishidan oldin tanlangan yer uchastkalarida muhandislik-geologik ekspertiza oʻtkazish majburiy boʻladi

18:19 05 Aprel 2023 Siyosat
1145 0

Foto: president.uz

Bugungi kunda yangi uy-joylar oʻzimizda ishlab chiqarilayotgan qurilish materiallaridan qurilmoqda.

Lekin, qurilishlarning sifatiga taʼsir qiluvchi temir-beton ishlab chiqaruvchi 3 mingga yaqin korxonaning yarmida laboratoriya yoʻq. Oʻtgan yili uy-joy qurilishida temir-beton, devor konstruksiyalari va payvandlash ishlari sifatsizligi boʻyicha 1 mingdan ortiq holat aniqlangan.

Shu bois, mutasaddilarga barcha temir-beton korxonalarida zamonaviy laboratoriyalar tashkil qilish boʻyicha “yoʻl xaritasi”ni tasdiqlash topshirildi.

Soʻnggi oylarda dunyoda ham, mintaqamizda ham seysmik faollik kuzatilyapti. Shu bois, 1-maydan boshlab:

— qurilish boshlanishidan oldin tanlangan yer uchastkalarida muhandislik-geologik ekspertiza oʻtkazish majburiy boʻladi;

— koʻprik, tonnel, koʻp qavatli binolar kabi seysmik xavfsizlik talablari yuqori boʻlgan bino-inshootlarni qurish faqat Qurilish-pudrat tashkilotlari elektron reytingida “A” va “B” toifaga ega boʻlgan korxonalar tomonidan amalga oshiriladi.

Yogʻingarchilik shaharlarning drenaj tizimi yomon ahvolga kelib qolganini yaqqol koʻrsatayotgani taʼkidlandi. Qurilish vazirligi va Toshkent shahri hokimligiga ikki hafta muddatda ushbu masalaning yechimi boʻyicha dastur qabul qilish va amalga oshirish topshirildi.

Yigʻilish davomida kun tartibidagi masalalar yuzasidan mutasaddilarning axboroti tinglandi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер