1 gugurt qutisida qancha choʻp bor?
Hurmatli isteʼmolchilar, uy-roʻzgʻor uchun zaruriy mahsulot hisoblangan birgina gugurt qutisida nechta gugurt donasi boʻlishi lozimligini bilasizmi? “Oʻzbekiston standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish agentligi”ning bergan maʼlumotiga koʻra, “...standarti 1- jadval boʻyicha 1 gugurt qutisi ichida oʻrtacha 40 ta va eng kami 37 ta gugurt choʻpi boʻlishi kerak”. Oʻzbekiston isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasiga aholi tomonidan 1 dona gugurt qutisi ichidan donasi kam chiqayotganligi boʻyicha shikoyat arizalari kelib tushdi.
Federatsiya mutaxassislari ushbu masala yuzasidan tekshiruv ishlarini olib bordi va tadbirkorlarga ushbu masala boʻyicha qonuniy jihatdan ogohlantirdi.
“Agarda sizning isteʼmolchi sifatidagi huquqlaringiz buzilayotgan boʻlsa, Oʻzbekiston isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasining 1091 qisqa raqami yoki ”Oʻzstandart" agentligining (998-78)150-23-00 ishonch telefoni orqali maʼlum qilishingizni soʻraymiz" deyiladi Federatsiya axborot boʻlimi xabarida.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring