1-apreldan bogʻcha bolalari uchun televizion mashgʻulotlar boshlanadi 

07:05 01 Aprel 2020 Jamiyat
5392 0

Maktabgacha yoshdagi bolalarni karantin vaqtida masofada oʻqitish tizimini ishlab chiqildi.Oʻzbekiston Respublikasi Maktabgacha taʼlim vazirligi Milliy teleradiokompaniyasi yordamida ota-onalarga maktabgacha yoshdagi bolalarga tizimli, foydali va rivojlantiruvchi taʼlim berishda uslubiy yordam sifatida “Onlayn bolalar bogʻchasi” dasturini ishlab chiqdi. U oʻz ichiga quyidagi taʼlim loyihalarini qamrab oladi:

  • “Ilk qadam” — 3-5 yoshdagi bolalar uchun;
  • “Aqlvoy” — 6 yoshdagi bolalarni maktabgacha tayyorlash uchun.

Loyihalar nimalarga bagʻishlangan?

20-25 daqiqalik ushbu videolavhalar “Ilk qadam” va “Aqlvoy” davlat dasturlari negizida tayyorlangan. Har bir mashgʻulot mavzusi maktabgacha yoshdagi bolani rivojlantirishning 4-5 soha: atrof olamni oʻrganish, ijodiy va taʼlim olish, nutq va mantiqiy qobiliyatlarini rivojlantirishni qamrab oladi:

“Ilk Qadam” — bu:

  • quvnoq qahramonlar ishtirokidagi ertalabki badantarbiya;
  • interfaol oʻyin shaklidagi ingliz tili mashgʻuloti;
  • mental arifmetika va matematik hisob asoslari;
  • yosh sayyoh (mitti doʻstlarimiz uchun Oʻzbekistonning qadimgi shaharlari haqida koʻrsatuvlar toʻplami);
  • mitti yordamchi (oshxona taomlari tayyorlash boʻyicha mahorat darslari);
  • logoped bilan mashgʻulot.

“Aqlvoy” — bu:

  • MTT pedagoglari va milliy qahramonlar (Amir Temur, Zulfiya, Ibn Sino, Mirzo Ulugʻbek, Tamaraxonim) ishtirokidagi bolalar taʼlim koʻrsatuvlari;
  • mahorat sinflari;
  • uy sharoitlarida amaliy tajribalar.

Mashgʻulotlarni qayerda tomosha qilish mumkin?

TELEVIDENIE

1-apreldan boshlab “Bolajon” telekanalida dushanbadan jumagacha soat 8:00 dan 16:00 gacha.

INTERNET

Onlayn-mashgʻulotlar quyidagi internet-resurslarda joylashtiriladi:

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер