1-apreldan ayrim avtotransportni olib kirishda bojxona imtiyozlari beriladi

17:14 29 Mart 2023 Siyosat
1144 0

Foto: president.uz

Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida mamlakatimiz turizm salohiyatini jadal rivojlantirish yuzasidan videoselektor yigʻilishi boʻlib oʻtmoqda. Bu haqda Prezident matbuot kotibi Sherzod Asadov xabar berdi.

Shuningdek, temir yoʻl va avtotransport sohasida:

— 1-iyungacha 34 ta zamonaviy elektrichka sotib olish boʻyicha tenderlar yakunlanib, yil oxiriga qadar kamida 8 tasi olib kelinadi;

— 1-apreldan turoperator, mehmonxona va tashuvchilarga 10 va undan ortiq oʻrindiqli hamda ishlab chiqarilganiga 5 yildan ortiq boʻlmagan avtotransportni olib kirishda bojxona imtiyozlari beriladi;

— 2023-yilda sayyohlik tashkilotlariga ushbu avtobuslarni olish uchun 30 million dollar kredit resurslari taklif qilinadi;

— 10-apreldan xavfsizlik choralarini koʻrib, “Qamchiq” dovoni orqali turistik mikroavtobus (15 kishigacha), Jizzax dovoni, Chimyon va Chorvoqda turistik avtobus va mikroavtobuslar qatnovini yoʻlga qoʻyishga ruxsat beriladi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер