Bayram kunlari poytaxtimizning Mahtumquli — Ohangaron shoh koʻchasidan, Yangi Oʻzbekiston-4P12 yoʻli kesishgan chorrahasigacha soat 19.00 dan 22.00 gacha boʻlgan vaqt oraligʻida avtotransport vositalarining harakati vaqtinchalik cheklanadi
Joriy yilning 31-avgust hamda 1-sentyabr kunlari Oʻzbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining oʻttiz ikki yilligi munosabati bilan “Yangi Oʻzbekiston” bogʻida bayram tadbiri oʻtkazilishi rejalashtirilgan.
Shu sababli poytaxtimizning Mahtumquli-Ohangaron shoh koʻchasidan, Yangi Oʻzbekiston - 4P12 yoʻli kesishgan chorrahasigacha soat 19.00 dan 22.00 gacha boʻlgan vaqt oraligʻida avtotransport vositalarining harakati vaqtinchalik cheklanadi.
"Eslatib oʻtamiz faqatgina bayram tabdirlari va mushakbozlikka tashrif buyuruvchi mehmonlar Yangi Oʻzbekiston koʻchasi boʻylab harakatlanishlari mumkin.
Toshkent viloyati tomondan;
Yuqori Chirchiq tumani,
Quyi Chirchiq tumani,
Oʻrta Chirchiq tumani hamda Parkent tumanlaridan tashrif buyuruvchi mehmonlar 4R12 yoʻli boʻylab Sharq YPX maskani orqali poytaxtimizga kirishlari tavsiya etiladi.
Bustonliq tumani,
Gʻazalkent tumani,
Qibray tumanlaridan tashrif buyuruvchi mehmonlar Chirchiq shahri orqali Yuzrobod koʻchasi boʻylab Temur Malik koʻchasi orqali poytaxtimizga kirishlari tavsiya etiladi" deyiladi rasmiy xabarda.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring