BUGUN HAZRAT NAVOIY TAVALLUD TOPGAN KUN!
Arxiv surat
KELMADI...
Kecha kelgumdur debon ul sarvi gulroʻ kelmadi,
Koʻzlarimgʻa kecha tong otguncha uyqu kelmadi.
Lahza-lahza chiqdimu, chekdim yoʻlida intizor,
Keldi jon ogʻzimgʻayu, ul shoʻxi badxoʻ kelmadi.
Orazidek oydin erkonda gar etti ehtiyot,
Roʻzgʻorimdek ham oʻlgʻonda qorongʻu kelmadi.
Ul parivash hajridinkim, yigʻladim devonavor,
Kimsa bormukim, anga koʻrganda kulgu kelmadi.
Koʻzlaringdin necha suv kelgay, deb oʻlturmang meni,
Kim bori qon erdi kelgan, bu kecha suv kelmadi.
Tolibi sodiq topilmas, yoʻqsa kim qoʻydi qadam,
Yoʻlgʻakim, avvalqadam maʼshuqe oʻtru kelmadi.
Ey Navoiy, boda birla xurram et koʻnglin uyin,
Ne uchunkim, boda kelgan uyga qaygʻu kelmadi...
Alisher Navoiy
Ayni damda yurtimizning barcha hududlarida ulugʻ mutafakkir bobomiz Alisher Navoiy tavalludining 579-yilligiga bagʻishlangan tantanali tadbirlar boʻlib oʻtmoqda.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring